Soliq Qashqadaryoda 15 nafar soliqchi jarimaga tortildi

Qashqadaryoda 15 nafar soliqchi jarimaga tortildi

Biznes-ombudsman devonining Qashqadaryo viloyatidagi shoʻbasi masʼul xodimining maʼlum qilishicha, tadbirkorlik subyektlarining soliq maʼmurchiligi sohasida mavjud muammolari tahlil qilingan.

Tahlil natijasida tadbirkorlik subyektlarida noqonuniy tekshirish oʻtkazgan 15 nafar soliq organi mansabdor shaxlarga nisbatan 37 mln soʻmdan ortiq (37 290 000 soʻm) maʼmuriy jarima jazosi qoʻllanildi.

Soliq organlari tomonidan tadbirkorlarga nisbatan noqonuniy hisoblangan 40 mlrd soʻmdan ortiq (47 571 624 813 soʻm) soliq va majburiy toʻlovlar bekor qilindi.