Jahon Janubiy Afrika rahbari Putinni don bitimini qayta tiklashga undadi

Janubiy Afrika rahbari Putinni don bitimini qayta tiklashga undadi

Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosa Rossiya prezidentiga Afrikaning olti davlatiga tekinga 25-50 ming tonna g‘alla jo‘natish taklifi uchun minnatdorchilik bildirdi, biroq oziq-ovqat ta’minotini yaxshilash uchun Qora dengizni “ochish” zarurligini ta’kidladi.

“Biz Qora dengiz don tashabbusini amalga oshirishni taklif qildik, Qora dengizni ochish zarurligi haqida gapirdik, Qora dengizning jahon bozorlari uchun ochiq bo‘lishini istashimizni aytdik. Biz esa bu yerga Afrika qit’asi uchun qandaydir “sovg‘a” so‘rash uchun kelganimiz yo‘q. Albatta, siz saxiylik bilan ma’lum qiyinchiliklarga duch kelayotgan ayrim Afrika mamlakatlariga don berishga qaror qilganingizni tushunamiz. Biz bunga katta hurmat bilan qaraymiz. Biroq, bu bizning asosiy maqsadimiz emas, bu bizning asosiy vazifamiz emas”, dedi Janubiy Afrika prezidenti.

“Don shartnomasi” doirasida Ukraina bir yilda deyarli 33 million tonna oziq-ovqat mahsuloti eksport qildi va Rossiyaning kelishuvni buzishi natijasida bunday hajmdagi tovarlarning bozordan yo‘qolishi allaqachon don narxining oshishiga olib keldi.