O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Hanyang universiteti Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabi dekani, Osiyo-Tinch okeani tadqiqot markazi direktori Um Go Xo bilan «Global energiya texnologiyalari siyosati mutaxassislari dasturida» mamlakatimiz vakillari uchun to‘liq stipendiya ajratish masalasi ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Um Go Xo Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi (MOTIE) tomonidan moliyalashtiriladigan «Global energiya texnologiyalari siyosati mutaxassislari dasturi (Global Energy Technology Policy Professionals Program – “GETPPP-HYU”) dasturi doirasida magistratura va doktarantura uchun to‘liq stipendiya berilishini tasdiqladi.
Janubiy Koreyaning past uglerod emissiyasi maqsadlariga erishish majburiyatining bir qismi sifatida, yashil vodorod va muhim minerallarni yetkazib berish zanjiriga ixtisoslashgan ushbu dastur Hanyang universiteti tomonidan ishlab chiqilgan.
Dasturning asosiy maqsadlari – tegishli davlat idoralari vakillaridan xalqaro energetika mutaxassislarini tayyorlash, turli mamlakatlarning biznes, intellektual va hukumat sektorlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish.
Uglerod neytralligi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha milliy majburiyatga muvofiq, Hanyang universiteti amaliy tadqiqotlar va muhandislik sohasidagi tan olingan mukammallikka katta eʼtibor berib, taʼlim va tadqiqot sohasidagi innovatsiyalarning birinchi qatorida turadi.
“GETPPP-HYU” Koreya respublikasi geologiya va mineral resurslar instituti (KIGAM), Koreya konlarni qayta tiklash va mineral resurslar korporatsiyasi (KOMIR), Koreya elektr energetika korporatsiyasi (KEPCO) va Koreya gaz xavfsizligi Korporatsiyasi (KGS) kabi yetakchi milliy institutlar va korporatsiyalar bilan hamkorlik qiladi. Dastur ishtirokchilari «SK Ecoplant», «LG Energy Solution», «Hyundai Engineering» hamda «Dansuk Industrial» kabi yirik korporatsiyalarda amaliy tajriba va eng so‘nggi sanoat ishlanmalarini olishlari uchun dala amaliyotlarida ishtirok etadilar.
Potensial nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar qo‘yiladi:
- energetika sohasidagi davlat mutaxassislari (yoki unga tenglashtirilgan tegishli davlat idoralari vakillari)
- bakalavr yoki magistr darajasi (doktarantura (Phd)ga daʼvogarlar magistr darajasiga ega bo‘lishlari lozim);
2024 yil bahorgi semestr uchun arizalar jadvali:
- onlayn-ariza: 2023 yil 1 sentyabrdan 6 oktyabrgacha;
- talab qilinadigan hujjatlarni topshirish: 2023-yil 1-sentabrdan 11-oktabrgacha;
Stipendiya qamrovi:
- o‘qish (magistratura uchun 2 yilgacha, doktarantura uchun 3 yilgacha);
- bir tomonlama aviachipta;
- yashash narxi (1 800 000 koreya voni, soliqdan oldin);
- o‘qish davomida tibbiy sug‘urta;
- Koreys tili va madaniyati dasturi;
- Qo‘shimcha maʼlumot va so‘rovlar uchun:
- Global Circular Economy Center ([email protected]);
- bosh sahifa: https://getppp.hanyang.ac.kr