O’zbekiston Shavkat Mirziyoyev bugun SHHT sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev bugun SHHT sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan bugun, 4-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, sammit kun tartibiga muvofiq, SHHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da mustahkamlash, tashkilot faoliyatini kengaytirish va takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Uchrashuv yakunida SHHT davlatlari rahbarlari tomonidan iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformatsiya, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash, madaniy-gumanitar soha va boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.