O’zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligining Hayʼat yigʻilishi boʼlib oʼtdi

Yoshlar siyosati va sport vazirligining Hayʼat yigʻilishi boʼlib oʼtdi

Bugun, 15-iyul kuni  yoshlar siyosati va sport sohasida oʻtgan 6 oyda amalga oshirilgan ishlar hamda navbatdagi muhim vazifalarga bagʻishlangan vazirlikning Hayʼat yigʻilishi boʼlib oʼtdi.

Yig’ilishda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirtish borasida o’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi ko’rib chiqildi

Xususan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini bevosita hal etish bo‘yicha
9 406 ta mahallada yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, unikal tizim yaratildi.

  • Mahallada bu tizim orqali, yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyatlar yaratildi.
  • Har bir mahallada “yoshlar balansi” shakllantirilib, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
  • “Yoshlar daftari” tizimi yaratilib, o‘tgan yilning o‘zida 300 ming nafar yoshlarga qariyb 600 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi

Hay’at yig’ilishi davomida sport sohasida o’tgan 6 oy davomida erishilgan natijalar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar ham birma bir ko’rib chiqildi

Xususan o’tgan 6 oy davomida Jahon va Osiyo musobaqalarida 307 nafar sportchilarimiz g‘olib va sovrindor bo‘ldi.

9 ta, ya’ni dzyudo, boks, yengil atletika, badiiy gimnastika, triatlon, baydarka va kanoeda eshkak eshish kabi sport turlari bo‘yicha xalqaro darajadagi musobaqalar O‘zbekistonda o‘tkazildi

Hozirda, Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida sportchilarimiz ishtirok etib, kelgusi yildagi Paralimpiya o‘yinlariga 16 ta litsenziyalarni qo‘lga kiritdilar

Bundan tashqari sportchilarimizning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida “Sport sohasida huquqiy ko‘mak markazi” tashkil etildi.

Shu o’rinda hududlarda sport sohasini rivojlantirishda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi

Xususan, o‘tgan 6 oyda xalqaro nufuzli musobaqalarda qo‘lga kiritilgan medallar sarhisob qilinganda bir qator viloyatlari respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha ortda qolayotgani ta’kidlandi.

Shulardan kelib chiqqan holda mas’ul rahbarlarga so‘nggi bor qattiq ogohlantirilib, joriy yil yakuniga qadar o‘zgarishi uchun so‘nggi bor imkoniyat berildi.

Yig’ilish yakunida sohaga oid taqdimotlar bilan tanishildi

Shundan so‘ng, Yoshlar siyosati va sport vaziri yoshlar siyosati hamda sport yoʻnalishidagi qoʻshimcha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.