Xavfsizlik DXX: Angren va Olmaliq shaharlarida firibgarlik holatlari aniqlandi

DXX: Angren va Olmaliq shaharlarida firibgarlik holatlari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, firibgarlik bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻyildi.

Xususan, Angren shahrida yashovchi, 1974-y.t. K.S. huquq-tartibot idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali fuqaroni Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 5000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Olmaliq shahrida joylashgan xususiy avtomaktab direktorining oʻrinbosari Ch.X. mahalliy fuqaroga oʻquv kurslariga qatnashmasdan, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 3000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Taʼkidlash lozimki, Ch.X. muqaddam Jinoyat Kodeksining 166-moddasi (talonchilik) va 277-moddasi (bezorilik) bilan sudlangan boʻlsada, oʻz xatosidan toʻgʻri xulosa chiqarmagan.
Hozirda har ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.