Prokuratura Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.X. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) va M.M. 3 100 AQSH dollarini fuqaro S.M.ga 36,1 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.S. 3 400 AQSH dollarini fuqaro M.E.dan 39,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.