Joriy yilning 17-iyun kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan “S” gepatitiga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining navbatdagi qismini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga bepul yetkazib berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Umumiy hajmi 12 mingdan ortiq “Daklatasvir” dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Mutaxassislar fikricha, Misr hukumati mazkur yutuqlarga erishish uchun “100 million sog‘lom hayot” milliy dasturni ishlab chiqib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bunda asosiy eʼtibor dunyoning mashhur farmatsevtika kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kengaytirishga qaratilmoqda.