Prokuratura Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop va Buvayda tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.S. fuqaro F.T.ga 4 200 AQSH dollarini 48,4 mln so‘mga, Buvayda tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan E.T. 3 500 AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 40,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.B. va Sh.Ya. fuqaro N.Ya.dan 4 000 AQSH dollarini 45,7 mln so‘m sotib olishga kelishib, ushbu pullarni plastik kartasiga o‘tkazib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.