O’zbekiston Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiy ofatlarni oldini olish loyihasini amalga oshirmoqchi

Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiy ofatlarni oldini olish loyihasini amalga oshirmoqchi

O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmanov Yaponinyaning «Nippon Investment Operating Corporation» (NIOC)» kompaniyasi rahbari Nabi Mamajan, uning hamkori, «Muroosystems Corporation» bosh ijrochi direktori Pan Jongsin bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda tomonlar Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. Shu bois, yapon tomoni yaqin kunlarda O‘zbekistonga tashrif buyurib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa mutassaddi tashkilotlar bilan dastlabki pilot loyiha bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini maʼlum qildi.