“O‘zgidromet” 23-iyun, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida, kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29-34 daraja, janubda ba’zi joylarda 40 daraja gacha bo‘ladi.