Jahon Samsung S24 Ultra taqdim etildi

Samsung S24 Ultra taqdim etildi

Smartfondagi eng katta yangiliklardan biri — S24 Ultra xuddi iPhone 15 Pro kabi titan ramkaga ega bo‘ldi. 6,8 dyuymli ekranda esa qirralardan voz kechilgan. Kameralar sifati oshgan. Surat sifatini yaxshilashda sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanilgan.
12 GB tezkor, 256 GB doimiy xotiraga ega modeli uchun 1300 dollar narx belgilangan. Smartfonni yetkazib berish 31-yanvardan boshlanadi.