O’zbekiston SSV: Viloyat bolalar shifoxonalari Xitoy granti asosida MRT uskunalari bilan jihozlanmoqda

SSV: Viloyat bolalar shifoxonalari Xitoy granti asosida MRT uskunalari bilan jihozlanmoqda

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda qayd etilganidek, davlatlarimiz o‘rtasida tibbiyot sohasidagi aloqalar ko‘lami tobora kengayib bormoqda.

Bunda Prezidentimizning joriy yil may oyida ushbu mamlakatga tashrifi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari belgilab olingani muhim ahamiyat kasb etyapti.

Uchrashuvda birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar xususida so‘z yuritildi. Viloyat bolalar va kattalar ko‘p tarmoqli tibbiyot mrkazlarini magnit-rezonans tomografiya uskunalari bilan jihozlashga doir belgilangan ishlar shular jumlasidan.

Uning doirasida Toshkent, Andijon, Samarqand viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va boshqa muassasalarni ana shunday zamonaviy apparatlar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, muloqotda shu yil oxirigacha O‘zbekiston — Xitoy xalqaro tibbiyot forumini o‘tkazish, tibbiy ta’lim, kadrlar almashinuvi, farmatsevtika, xalq tabobati va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishga doir masalalar ham muhokama etildi.