Yangiliklar Quloqdagi shovqindan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Quloqdagi shovqindan qanday xalos bo‘lish mumkin?

AQSHning Michigan universiteti olimlari quloqlarda paydo bo‘ladigan ichki shovqindan xalos bo‘lishning samarali usulini topdi.

Buning uchun shaxsiy stimulyatsiya uchun mo‘ljallangan va maxsus dasturga ega portativ qurilma yasalib, tadqiqot ishtirokchilariga berildi.

Olti haftalik sinov yakunida elektroterapiya va tovush muolajasi kombinatsiyasi orqali qatnashchilarning 60 foizdan ortig‘ida quloqdagi shovqin belgilari yo‘qoldi.

Shu bois mutaxassislar yangi davolash usuli mazkur xastalikdan aziyat chekayotgan millionlab insonlar dardiga malham bo‘lishiga umid bildirmoqda.