Prokuratura AQSHga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

AQSHga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.I fuqaro Ya.M.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishlash uchun Meksika davlati orqali aylanma yo‘llar bilan yuborish evaziga 30 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan R.P. fuqaro Z.S.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 3 500 AQSH dollari va 14 mln so‘m evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga borish uchun viza olib berishni va’da qilib, shundan 14 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.