O’zbekiston “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” yo’lovchilarga murojaat bilan chiqdi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” yo’lovchilarga murojaat bilan chiqdi

Ma’lumki, ayni kunlarda Respublikamiz hududida keskin issiq ob-havo kuzatilmoqda. Albatta harorat ko‘tarilishi va natijada yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori darajaga yetishi mumkin.

Albatta bunday issiq havo harorati temir yo’l izlariga o’z ta’sirini o’tkazadi. Shu bois, yo`lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o’rnatiladi. Harakat tezligiga cheklovlar o’rnatilingan poyezdlarning sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.

“O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ o’z mijozlaridan, anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqulayliklar uchun uzr so’raydi”, – deyilgan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabarida.