Milliy armiya va xalq o‘rtasida kiberxavfsizlik borasidagi ogohlikni va raqamli madaniyatni oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan eng muhim vazifalar belgilab olindi.
Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida mamlakat mudofaa sanoati majmuasini yanada rivojlantirish, davlat chegaralarini qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni prognoz va monitoring qilish, avariya va texnogen halokatlarning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ham dolzarb vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lib qolishini qayd etdi.
Yig‘ilish yakunida davlat rahbari barcha harbiylarni, butun xalqni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32-yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarini bildirdi.