Jahon Yaqin Sharq: Isroil-Falastin mojarosidan soʻnggi xabarlar

Yaqin Sharq: Isroil-Falastin mojarosidan soʻnggi xabarlar

▪️Isroil Tashqi ishlar vazirligi HAMAS vakillarining Moskvaga tashrifidan norozi boʻldi.

Gap shundaki, HAMAS vakillari Moskvada boʻlib, garovga olinganlarni ozod qilish va Gʻazodan rossiyaliklarni evakuatsiya qilish masalasini muhokama qilgan.

▪️Eron AQSH Gʻazoga hujumlarini davom ettirsa, “shafqatsiz alanga” bilan tahdid qildi.

💬“Ogohlatiraman, Gʻazoda genotsid davom etsa, hech kim bu alangadan omon qolmaydi”, – deydi Eron tashqi ishlar vaziri AQSH vakillariga qarata BMTning maxsus sessiyasida.

▪️AQSH Suriyadagi Eron obyektlariga zarba berdi.

“Prezident Baydenning buyrugʻiga koʻra, AQSH kuchlari Suriya gʻarbidagi Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi va unga aloqador guruhlar tomonidan foydalanilayotgan ikkita obyektga mudofaa hujumini uyushtirdi”, deydi Pentagon rahbari Ostin.