O’zbekiston Qo‘mitada yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi

Qo‘mitada yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi

2023-yil 27-iyun kuni Xalqaro aloqalar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida Senatning navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladigan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Tadbirda Senat a’zolari, mahalliy Kengashlar deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, ekspertlar va jurnalistlar ishtirok etdi.
“Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunni muhokama qilish jarayonida senatorlar hozirgi sharoitda ko‘ngillilar faoliyati alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Volontyorlik yoshlarga ularning jamiyatga integratsiyalashuvida, zarur ish tajriba olishda, mehnat bozori talablariga javob beradigan malaka olishda, ularga asosiy qadriyat va ko‘rsatmalarni singdirishda, ijtimoiy munosabatlarni takrorlashda yordam bera olishi ta’kidlandi, bu esa o‘z navbatida, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish nihoyatda muhimdir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga volontyorlar faoliyati sohasidagi davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning bajarilishini ta’minlash, shuningdek, ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish vakolatlarini berishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilayotgani ta’kidlandi.
Kiritilayotgan o‘zgartishlar O‘zbekistonda volontyorlar harakati rivojiga yangi turtki berishiga ishonch bildirildi.

Muhokama yakunida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.