Bojxona qoʻmitasining maʼlum qilishicha, qoʻlga olingan ogʻu – “koʻknor somoni”.
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining “Aviayuklar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida havo yo‘llari orqali respublikamizga xorijdan olib kelinib, so‘ngra yuk avtotransport vositasi orqali tranzit tarzida olib o‘tilishi rejalashtirilgan 25 tonna og‘irlikdagi 1000 qop qandolat ko‘knorisi urug‘lari oziq-ovqat mahsuloti belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Qandolat ko‘knorisi qayta ishlangan maxsus urug‘ bo‘lib, odatda turli pishiriqlarga qo‘shiladi yoki yuzasiga sepiladi va u giyohvand modda hisoblanmaydi.
Ammo, bojxona ko‘rigi davomida hujjatlarda qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan 25 tonna urug‘ va somonlar tarkibida haqiqiy giyohvandlik vositasi hisoblangan 8,5 tonna ko‘knori somoni borligi aniqlandi.