O’zbekiston Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda 32 yoshli haydovchi vafot etdi

Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda 32 yoshli haydovchi vafot etdi

Joriy yilning 15-iyun kuni soat 08:30 larda Mirzo Ulug’bek tumani Sultoniya ko’chasida, 1978 yilda tug’ilgan I.S. boshqaruvida bo’lgan davlat raqam belgisi 01 759 KGA bo’lgan “ISUZU” rusumli avtobusi hamda 1991-yilda tug’ilgan I.M. boshqaruvidagi 01 797 OGA bo’lgan “Lacetti” rusumli avtomashinasi ishtirokida yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan.

YTH natijasida Lacetti avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan I.M. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.