O’zbekiston Farg‘ona viloyati hokimi xitoylik investorlarni qabul qildi

Farg‘ona viloyati hokimi xitoylik investorlarni qabul qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Xitoyning Jianhua Ceramics kompaniyasi rahbari Vu Xon Syan boshchiligidagi xitoylik investorlarni qabul qildi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, uchrashuvda Xitoy kompaniyasi tomonidan “Qo‘qon” EIZ hududida keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirish rejalashtirilayotgan yirik investitsion loyiha muhokama qilingan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqarish korxonalarining mahsulotlari ichki bozor uchun yetarli emasligini o‘rganishlar davomida aniqlashganini qayd etgan Vu Xon Syan, Jianhua Ceramics tomonidan rejalashtirilayotgan loyiha doirasida ikki katta ishlab chiqarish liniyasi tashkil etilishi, shuningdek santexnika buyumlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan ichki bozorga, shuningdek, qo‘shni davlatlarga eksportga yo‘naltiriladi.

Ushbu loyihaning Farg‘ona viloyatiiqtisodiyoti uchun, shuningdek mamlakatimiz qurilish sohasi uchun ahamiyati katta bo‘lishini ta’kidlab, uni qisqa muddatda qurib foylanishga topshirish uchun har tomonlama yordam berilishini bildirdi.

“Qo‘qon” EIZ rahbari Farrux Rahmonov, erkin iqtisodiy zonada yaratilgan sharoitlar hamda investorlar uchun qonun bilan taqdim etiladigan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelgusi choralar belgilab olingan.