Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida sudlanuvchilar D. Tadjimuratov va yana 15 kishi hamd ularning himoyachilari tomonidan kiritilgan shikoyat asosida mazkur jinoyat ishining ushbu sudlanuvchilarga oid qismi koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, prokuratura keltirilgan protest asosida hukmning sudlanuvchilar L. Qallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va A. Nuratdinovga oid qismi ham qayta koʻriladi.