Dohada O‘zbekiston elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi, deya xabar berdi tashqi ishlar vazirligi.
Dohada O‘zbekiston elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, mamlakatlar rahbarlari sa’y-harakatlari natijasida ikki tomonlama munosabatlar rivojlanmoqda.
Shu yil may oyida Toshkentda Qatar davlati diplomatik vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.
“Shubhasiz, ushbu elchixonalar aloqalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deb yozadi Tashqi ishlar vaziri.
Shuningdek, Qatar Davlati Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi Vasiylik kengashi rahbari Ali Bin Fetais Al-Marri bilan uchrashdi. Unda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha keng ko‘lamli masalalar, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar muhokama qilindi.