Shou-biznes Telefon quvvatlagichini ogʻziga solgan chaqaloq vafot etdi

Telefon quvvatlagichini ogʻziga solgan chaqaloq vafot etdi

Rossiyaning Kemerovo viloyatida telefon quvvatlagichini ogʻziga solgan chaqaloq vafot etdi.

Voqea Kemerovo viloyati Novokuznesk shahrida sodir boʻldi. Soat 22:00 larda ota-onasining yotoqxonasida oʻynab oʻtirgan 1,5 yashar bola toʻshak yonida elektr tokiga ulangan telefonni quvvatlagichdan osongina uzgan va zaryadlagich kabelini ogʻziga solgan. Chaqaloq oʻsha zahoti tok urishi oqibatida halok boʻlgan.