O’zbekiston “UzAuto Motors” ikki kun ichida qancha shartnoma tuzganini eʻlon qildi

“UzAuto Motors” ikki kun ichida qancha shartnoma tuzganini eʻlon qildi

“UzAuto Motors” Chevrolet Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillari qoʻshimcha partiyasi kontraktatsiyasining 2 kunlik natijalarini eʻlon qildi.

Chevrolet Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillarining 2023-yil uchun qo‘shimcha partiyasiga kontraktatsiyaning dastlabki 2 kunida to‘liq shartnoma tuzildi.

“4-5 avgust kunlari ushbu avtomobil modellarini xarid qilish uchun 50 000 dan ortiq shartnoma imzolandi. Qolaversa, sizga shuni ma’lum qilamizki, shartnomalarning bir qismi boʻyicha toʻlov oʻz vaqtida, 7 kalendar kundan keyin amalga oshirilmasa ushbu shartnomalar yana qayta kontraktatsiya uchun ochiq bo’ladi”, – deyilgan xabarda.