Prokuratura Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bila hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.T. va boshqalar o‘z uyining yordamchi xo‘jaligidagi yashirin sexni o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr energiyasiga ulab, 20 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi hamda iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu sexdan 6 300 kg qo‘lbola usulda tayyorlangan yog‘, 1 725 kg chigit va boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Nurobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bila hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.S. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu sexdan 40 kg qo‘lbola usulda tayyorlangan yog‘, 10 kg chigit va boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.