Jahon Markaziy Osiyoning 5 ta davlati Xitoyda o‘tkaziladigan «Xitoy-Yevrosiyo: tovar va savdo-2023» EXPO...

Markaziy Osiyoning 5 ta davlati Xitoyda o‘tkaziladigan «Xitoy-Yevrosiyo: tovar va savdo-2023» EXPO ko‘rgazmasida ishtirok etadi

17-avgust kuni Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida 40 ta mamlakat va mintaqadan 1,3 ming korxona vakillari «Xitoy-Yevrosiyo: tovar va savdo» 4-EKSPO ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun yig‘iladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xitoyning “Sinxua” davlat axborot agentligi maʼlumotiga ko‘ra, 17-21 avgust kunlari Urumchi shahrida bo‘lib o‘tadigan EXPO ko‘rgazmasi Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan. EXPO doirasida savdo muzokaralari, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha forum va seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tashkilotchilarning maʼlum qilishicha, bu yilgi ko‘rgazma savdoni rivojlantirishga qaratilgan. Savdo, investitsiya va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan savdo muzokaralari, panel muhokamalari va seminarlar o‘z ichiga olgan 33 ta tadbir o‘tkaziladi. Ipak yo‘li bo‘ylab sanoat va savdoni rivojlantirishga bag‘ishlangan simpozium ham rejalashtirilgan.

“Sinxua” xabariga ko‘ra, simpoziumda Markaziy Osiyoning beshta davlatidan mehmonlar, Xitoy va boshqa mamlakatlardan 300 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etadi. Tadbirda xususiy biznesning roli muhokama qilinadi va Shinjonning Xitoyning boshqa mintaqalari va qo‘shni davlatlar bilan hamkorligini kengaytirish uchun zamin yaratadi.

1,3 mingdan ortiq kompaniya ko‘rgazmada ishtirok etishini tasdiqladi. Ulardan 25 tasi dunyodagi TOP-500 talik kiradigan kompaniyalardir. EXPOga jami 40 ta mamlakat va mintaqalar hamda 7 ta xalqaro tashkilot o‘z vakillarini yuborishini maʼlum qilgan.

Avvalgi «Xitoy-Yevrosiyo: tovar va savdo» EKSPO 2015, 2017 va 2021 yillarda bo‘lib o‘tgan va ularda dunyoning 46 mamlakati va mintaqasidan 3,7 mingdan ortiq kompaniya ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Urumchida «Markaziy Osiyoning beshta davlati» Moliyaviy investitsiya markazi binolaridan biri – Ipak yo‘li iqtisodiy kamarining moliyaviy vositachilarga xizmat ko‘rsatish markazi qurilishi yakunlandi. Loyiha doirasida ikkita maʼmuriy bino – Ipak yo‘li iqtisodiy kamari moliyaviy vositachilarga xizmat ko‘rsatish markazi va Ipak yo‘li iqtisodiy kamarining moliyaviy-iqtisodiy kadrlarini tayyorlash markazi qurilishi rejalashtirilgan.