Mamlakatimizning Tokiodagi elchixonasidan maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlanitirish, ikki tomonlama aloqalarni mazmun jihatdan yana-da boyitish masalalarini muhokama etish maqsadida Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi deputati Keyji Furuya bilan uchrashuv uyushtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va hududlararo hamkorlikning bugungi holati va ularni rivojlantirishning istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, axborot texnologiyalari, oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi va hunarmandchilik sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi.