O’zbekiston Bu yilgi test sinovlarida qancha abituriyent ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

Bu yilgi test sinovlarida qancha abituriyent ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

O‘zbek tili  — 828 699 nafar;
Rus tili  — 88 830 nafar;
Qoraqalpoq tili  — 28 718 nafar;
Boshqa tillar — 2 239 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • Kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
  • Masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • O‘zbekiston milliy universiteti — 33 721 nafar;
  • Toshkent davlat transport universiteti — 28 474 nafar;
  • Farg‘ona davlat universiteti — 28 188 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 26 827 nafar;
  • Qarshi davlat universiteti — 26 640 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

  1. Qashqadaryo viloyati — 112 242 nafar.
  2. Samarqand viloyati — 105 805 nafar.
  3. Farg‘ona viloyati — 89 022 nafar.
  4. Toshkent viloyati — 82 173 nafar.
  5. Surxondaryo viloyati — 79 004 nafar.