Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.A. “B.S.” MCHJ rahbari M.Sh.ga Buxoro shahridagi ko‘p qavatli uyning 1-qavatida joylashgan savdo do‘konini uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 220 mln so‘mlik qurilish mollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.