O’zbekiston Janubiy Koreyada vaqtincha ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi

Janubiy Koreyada vaqtincha ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi

Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari Xvasong shahrida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Unda fuqarolarimizga mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Vatandoshlarimiz tomonidan Koreya Respublikasida sodir etilayotgan salbiy holatlar va uni oldini olish choralariga e’tibor qaratildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi xodimlari shartnoma asosida ishlayotgan yurtdoshlarimiz tomonidan yo‘lllangan murojaat va ularni bezovta qilayotgan muammolar o‘rganildi. Koreya Mehnat vazirligi tomonidan E-9 vizasi asosida mehnat migrantlariga berilayotgan imkoniyatlar qayd etildi.