Fargʻona shahar IIO FMB TQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (Oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan D.D ismli ayolni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Margʻilon shahar IIB Probatsiya boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismida (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan X.Sh.ni qoʻlga olishdi.
“Hurmatli fuqarolar! Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi”, – deyiladi xabarda.