O’zbekiston O‘zbekiston Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish vazifalari belgilandi

O‘zbekiston Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish vazifalari belgilandi

O‘zbekiston Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu qonun O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 8-noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2023-yil 22-iyunda maʼqullangan.

Hujjatga muvofiq, Hisob palatasi oz miqdorda talon-toroj va davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy bayonnomalar tuzish vakolatiga ega bo‘lmoqda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurudigi Davlat moliyaviy nazorati organlari esa oz miqdorda talon-toroj qilganlik uchun maʼmuriy bayonnomalar tuzish vakolatiga ega bo‘lmoqda.

Maʼlumot uchun, ilgari Hisob palatasi uch xil huquqbuzarlik uchun maʼmuriy bayonnoma tuzish vakolatiga ega bo‘lgan:

-byudjet va smeta-shtat intizomini buzish;

-byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini buzish;

– hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish.

Qonunga muvofiq, mMoliyaviy yilning birinchi oyida Hisob palatasi o‘zing veb-saytida moliyaviy yil uchun rejalari haqida maʼlumotni eʼlon qilishi lozim. Shuningdek, har chorak natijalari bo‘yicha Palata aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar haqida axborot eʼlon qilishi shart.

Har chorakda kamida bir marotaba Hisob palatasi o‘zining faoliyati haqida OAV vakillari ishtirokida jamoatchilikka axborot beradi.

Hisob palatasi tomonidan taftish, tekshirish va o‘rganish o‘tkazish maqsadlari va tartibiga aniqlik kiritilmoqda.

Jumladan, taftish mavjud hujjatlar asosida nazorat obyekti tomonidan nazorat tadbiri bilan qamrab olingan davr ichida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini qonuniyligini hamda ularni buxgalteriya va moliya hisobotlarida to‘g‘ri aks ettirilishini o‘rganish uchun o‘tkaziladi.

Tekshirish obyektning muayyan bir davr ichidagi alohida harakatlari (operatsiyalari) yoki alohida faoliyat yo‘nalishini nazorat qilish uchun o‘tkaziladi va kameral hamda sayyor turlarga tavsiflanadi:

-kameral tekshiruv, qoida tariqasida, Hisob palatasi joylashgan joyda, unda mavjud yoki taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘tkaziladi;

-sayyor tekshiruv nazorat obyekti joylashgan joyda o‘tkaziladi.

O‘rganish obyektining alohida sohasi yoki faoliyatini tahlil qilish va baho berish maqsadida statistik, moliyaviy va boshqa maʼlumotlar asosida o‘tkaziladi.