O’zbekiston O‘zbekiston TIV Buyuk Britaniya TIV va parlamenti aʼzosi bilan ikki tomonlama hamkorlikning...

O‘zbekiston TIV Buyuk Britaniya TIV va parlamenti aʼzosi bilan ikki tomonlama hamkorlikning kengayib borayotgan kun tartibini muhokama qildi

Tashrif bilan Londonda bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va parlamenti aʼzosi Jeyms Kleverli bilan uchrashdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida xabar berdi.

“Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va Parlamenti a’zosi Jeyms Kleverli janoblari bilan uchrashib, hamkorligining diplomatiya, ta’lim, iqtisodiyot, madaniyat, xalqlar o‘rtasidagi aloqalar va boshqa sohalardagi kengayib borayotgan kun tartibi yuzasidan fikr almashdik”, – deb yozdi Saidov.