O’zbekiston O‘zbekiston diplomatlari Qozog‘istonning Oqtov shahrida vaqtincha mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz holidan xabar olishdi

O‘zbekiston diplomatlari Qozog‘istonning Oqtov shahrida vaqtincha mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz holidan xabar olishdi

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Aqtau shahri 19-a umumtaʼlim maktabi binosi qurilishida bo‘lib, u yerda vaqtincha mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv avvalida fuqarolarimizning yashash va mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

Muloqot chog‘ida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan, aholini ish bilan taʼminlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, xorijda vaqtincha ishlayotgan vatandoshlarning haq-huquqlari himoyasini taʼminlash, ularga imtiyozlar berish, oilalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Shu bilan bir qatorda, vatandoshlarimizga bo‘lib turgan davlatning qonun-qoidalariga rioya etish zarurligi taʼkidlandi. Fuqarolarimizga yot g‘oyalar, ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolmaslik va ularning salbiy oqibatlari haqida aytib o‘tildi.

Yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.