Bugun Nyu-Delida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
8 aʼzo davlatlarning milliy koordinatorlari onlayn formatda bo‘lib o‘tadigan Dehli Sammitining kun tartibi va hujjatlari loyihasini muhokama qildilar va kelishib oldilar.
24-26 iyun kunlari delegatsiyalar SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari Kengashining bo‘lajak Sammitining tashkiliy va protokol jihatlari bo‘yicha ham fikr almashadilar.