Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro anjumani doirasida Belarus Respublikasi Turizm va sport vaziri Sergey Kovalchuk bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Sergey Kovalchuk O‘zbekiston tomonini boks bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan tabriklagan.
Shuningdek, ushbu uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasining Belarusda bo‘lib o‘tadigan MDH o‘yinlaridagi ishtiroki masalalari muhokama qilingan.