O’zbekiston O‘zbekiston 14 ta davlatga 3 mln dollarlik tarvuz eksport qilgan

O‘zbekiston 14 ta davlatga 3 mln dollarlik tarvuz eksport qilgan

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 14 ta davlatga qiymati 3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 6,5 ming tonna tarvuz eksport qilgan.

Tarvuz eksporti hajmi 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,8 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston 2023-yilning 6 oyida eng ko‘p tarvuz eksport qilingan davlatlar:

— Qozog‘iston – 2 ming tonna

— Qirg‘iz R. – 2 ming tonna

— Rossiya – 1,5 ming tonna

— Latviya – 500 tonna

— Litva – 135 tonna

— Germaniya – 115 tonna

— Belarus – 34 tonna