Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 1,3 mln tonna go‘sht yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirganda 3,8 %ga oshgan.
Hududlar kesimida go‘sht yetishtirish hajmi:
— Toshkent viloyati – 153,3 ming tonna
— Qashqadaryo viloyati – 146,5 ming tonna
— Samarqand viloyati – 145,1 ming tonna
— Buxoro viloyati – 134 ming tonna
— Xorazm viloyati – 97,2 ming tonna
— Jizzax viloyati – 92,5 ming tonna
— Surxondaryo viloyati – 91,8 ming tonna
— Farg‘ona viloyati – 88,9 ming tonna
— Navoiy viloyati – 81,4 ming tonna
— Andijon viloyati – 81,1 ming tonna
— Namangan viloyati – 79,2 ming tonna
— Qoraqalpog‘iston R. – 41,9 ming tonna
— Sirdaryo viloyati – 34,6 ming tonna