Madaniyat Bokuda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bokuda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Ozarbayjon poytaxti Boku  shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlarining  tantanali  ochilish  marosimi  bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarabekov qardosh xalqlar o‘rtasidagi ko‘p vektorli aloqalar, ayniqsa so‘nggi yillarda yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga chiqqanini ta’kidladi. Madaniyat, san’at va adabiyot borasidagi tarixiy yaqinlik ikki xalqning azaldan bir-biriga uyg‘un rivojlanganini alohida e’tirof etdi.

Shundan so‘ng muhtasham saroyda o‘zbekistonlik va ozarbayjonlik san’at ustalari ishtirokida qo‘shma konsert bo‘lib o‘tdi.

Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri, shuningdek taniqli san’atkorlar Farruh Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Gulsanam Mamazoitova, Jenisbek Piyazov, Ilyos Arabov, Yulduz Turdiyeva, Ozoda Nursaidova, Samandar Alimov va ozarbayjonlik atoqli xonandalar ishtirokidagi jonli konsert dasturi tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘ldi.