O’zbekiston O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi markazi va Turkiyadagi «O‘zbek xotin-qizlari huquqini himoya qilish jamiyati»...

O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi markazi va Turkiyadagi «O‘zbek xotin-qizlari huquqini himoya qilish jamiyati» o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolanadi

O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning Turkiyaga ishchi safari davomida Istanbul shahridagi «O‘zbek xotin-qizlari huquqini himoya qilish jamiyati» binosida ushbu davlatda vaqtincha mehnat faolitiyani amalga oshirayotgan faol vatandoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Taraqqiyot strategiyasi markazi rahbari Eldor Tulyakov o‘z maʼruzasida O‘zbekiston Prezidentining xorijdagi fuqarolarimiz huquq va manfaatlarini himoya qilishni yana-da kuchaytirish, xususan og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlarga moddiy yordam imkoniyatini kengaytirish, migrantlarga bepul huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatadigan markazlar ochish kabi tashabbuslari haqida aytib o‘tdi. Davlat migratsiya siyosatini diversifikatsiya qilish, ishchilarni ko‘proq maosh to‘laydigan xorijiy mamlakatga yuborish, migrantlarning nafaqat o‘zini, balki ularning oila aʼzolarini ham qo‘llab quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish kabi islohotlar qayd etildi.

Taraqqiyot strategiyasi markazi rahbari respublikada gender tengligini taʼminlanlash va xotin-qizlarni huquqini himoya qilish yo‘nalishida qabul qilingan qator qaror va dasturlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Ushbu jarayonlar doirasida 400 mingdan ortiq xotin-qizlar tilga, kasb va hunarga o‘qitilgani maʼlum qilindi.

Turkiyadagi diasporal tashkilotlari rahbarlari, o‘z chiqishlarida Istambulda «O‘zbek xotin-qizlari huquqini himoya qilish jamiyati» tuzilgan davridan beri oradan qisqa muddat o‘tganiga qaramay, ushbu mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik ayollarni huquqini himoya qilinishda sezilarli natijalarga erishilganini bildirdilar.

2022-yil ushbu jamiyat tashabbusi bilan Istanbul shahrida O‘zbekiston lider ayollari birinchi uchrashuvi yuqori saviyada o‘tkazilgani qayd etildi. Shu sababli, ishtirokchilar O‘zbekiston lider ayollarining ikkinchi uchrashuvini tashkil etish taklifi xususida fikr almashildi.

«O‘zbek xotin-qizlari huquqini himoya qilish jamiyati» rahbari Ozoda Islomova tashkilot faoliyati yuzasidan axborot berdi. Uning aytishicha, Turkiyada yordamga ehtiyoji bo‘lgan 3200 nafar o‘zbekistonlik xotin-qizlarga maʼnaviy-psixologik, ijtimoiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatilgan.

Uchrashuv so‘nggida O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi markazi va «O‘zbek xotin-qizlari huquqini himoya qilish jamiyati» o‘rtasida Hamkorlik memorandumini ishlab chiqish va imzolash to‘g‘risida kelishib olindi.