Iqtisod Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan E.Z. jami 4 400 AQSH dollarini fuqaro Q.F.ga 50,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 17 870 AQSH dollari va 27 400 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.