Statistika agentligiga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijga 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.
Bu ko‘rsatgich 2022 yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga yoki 99,5 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,9 %), Pokiston (15,1 %), Qozog‘iston (12,2 %) hamda Xitoy (8,4 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.