O’zbekiston O‘zbekiston 100 ming nafar fuqarosini xorijda ish bilan ta’minlamoqchi

O‘zbekiston 100 ming nafar fuqarosini xorijda ish bilan ta’minlamoqchi

O‘zbekiston prezidenti 100 ming ishchiga kasb-hunar va til o‘rgatib, uyushgan holda chet el korxonalariga ishga yuborish vazifasini qo‘ydi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 100 mingga yaqin mamlakat fuqarosini uyushgan holda xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish uchun o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Seshanba kuni Mirziyoyev 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
“Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ish o‘rinlarini yaratish va aholini kasbga o‘qitish borasidagi kamchiliklarni bartaraf etib, 100 ming ishchiga kasb-hunar va til o‘rgatib, uyushgan holda chet el korxonalariga ishga yuborish vazifasi qo‘yildi”, – deb yozadi sherzod Asalov o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, hozirda chet elda ishlayotgan vatandoshlarimizning aksariyati oddiy va og‘ir, kam ish haqi to‘lanadigan mehnat bilan shug‘ullanmoqda.