O’zbekiston Oʻzbekistonda yoʻl qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi – prezident qarori

Oʻzbekistonda yoʻl qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi – prezident qarori

1-yanvardan yangidan boshlanadigan yoʻl-qurilish obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari autsorsing shartlari asosida mustaqil tashkilotlar, shu jumladan xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi.

Tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 kmgacha boʻlgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi.