O’zbekiston Pop-Namangan avtomobil yo‘lining katta qismi 4 tasmali sement-beton qoplamali yo‘lga aylantiriladi

Pop-Namangan avtomobil yo‘lining katta qismi 4 tasmali sement-beton qoplamali yo‘lga aylantiriladi

Shavkat Mirziyoyev bugungi uchrashuvda Namangan viloyatida transport tizimini yaxshilashga oid quyidagi rejalar haqida ma’lumot berdi:

 aholi va sayyohlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, Uychi tumani orqali Uchqo‘rg‘on va Norinni markaz bilan bog‘laydigan zamonaviy yo‘l quriladi;

 Pop tumanini Namangan shahri bilan bog‘laydigan elektr poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, Chust va Pop hududidan o‘tuvchi temir yo‘l tarmog‘i tortiladi (12 kilometr);

 eng muhimi, Pop-Namangan avtomobil yo‘lining 75 kilometr qismi xalqaro standartlar asosida 4 tasmali sement-beton qoplamali yo‘lga aylantiriladi (160 million dollar).