O’zbekiston Xavfli harakatlar sodir etgan haydovchiga chora ko‘rildi

Xavfli harakatlar sodir etgan haydovchiga chora ko‘rildi

Xavfli holat sodir etib, harakatlangan Cobalt haydovchisiga qonuniy chora ko’rildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt rusumli, 01 W 944 MB davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi, o’zi va o’zgalarning hayotini xavf ostiga qo’yib, yo’nalish qatorini keskin o’zgartirib,turli manyovrlar qilib o’z yo’lida harakatlanib kelayotgan boshqa avtomashinalarga xavfli holat sodir qilganligi aks etgan video tarqaldi .

Mazkur video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʼrganilib, avtomashina haydovchisi 2001-yida tug’ilgan J.K.ning avtomashinaga tegishli bo’lgan hujjatlar tekshirilganda qo’shimcha jixoz o’rnatilganligi aniqlandi. Buzgan qoidabuzarliklari yuzasidan o’rnatilgan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi.