O’zbekiston Jeneva O‘zbekiston va Jahon intellektual mulk tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da jadallashtirish istiqbollari...

Jeneva O‘zbekiston va Jahon intellektual mulk tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da jadallashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston adliya vazirining o‘rinbosari Muzraf Ikramov kecha Jeneva shahrida Jahon intellektual mulk tashkilotining o‘tish davri va rivojlangan mamlakatlar bo‘limi direktori Habip Asan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Adliya vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida mamlakatimizda intellektual mulk sohasi qo‘llab-quvatlash bo‘yicha ishlar va O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2022 — 2026-yillarda O‘zbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantirish milliy strategiyasining mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi. Mamlakatimizda Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo‘shilish ishlari jadallashtirilgani hamda hozirda qonunchilikni mulk huquqi savdo aspektlari (TRIPS) bo‘yicha bitimiga muvofiqlashtirish Intellektual ishlari olib borilyotganligi taʼkidlandi

Butunjahon intellektual mulk tashkilotining aʼzo davlatlariga intellektual mulk sohasidagi milliy qonunchilikni mukammalashtirish, sohani yana-da rivojlantirishga oid strategiyalarni ishlab chiqishda faoliyat olib borishini inobatga olgan holda, O‘zbekiston tomonidan ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish taklif etildi.

Jahon intellektual mulk tashkilotining o‘tish davri va rivojlangan mamlakatlar bo‘limi direktori Habip Asan respublikamizda intellektual mulk sohasi rivojlanishi sohani mintaqa darajasida rivojlanishiga muhim ahamiyatga egaligi, oxirgi yillarda sohada olib borilgan ishlar unumliligini O‘zbekistonning Global innovatsiyalar indeksidagi (GII) ijobiy ko‘rsatkichida aks ettirilgani orqali ko‘rish mumkinligini bildirdi.

Habip Asan O‘zbekiston milliy intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasini modernizatsiyalash va mukammallashtirish hamda intellektual mulkka doir milliy qonunchilikni TRIPS bitimiga muvofiqlashtirishda yordam berishga tayyorligini tasdiqladi.