O’zbekiston 1-avgustdan nafaqa miqdori oshiriladi

1-avgustdan nafaqa miqdori oshiriladi

O‘zbekiston Prezidentining «joriy yil 28-iyul kuni qabul qilingan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan O‘zbekistonda 1-avgustdan zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksalarga beriladigan nafaqa miqdori 535 ming so‘mdan 568 ming so‘mga oshiriladi.

Bu o‘zgarish boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun to‘lanadigan miqdorga ham taalluqlidir.

O‘zbekistonda 1 maydan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 980 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori 330 000 so‘m etib belgilangan edi. Shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirilgan.